1 soat ichida oson sovg'a yuborish
Istalgan buyurtmani ular yoqtiradigan sovg'aga aylantiring. Mahalliy doʻkonlardan ajoyib sovg'ani tanlang va biz uni bir soat yoki undan kamroq vaqtda yetkazamiz.
Ulashishingiz mumkin boʻlgan oson moslashtirish va real vaqt rejimidagi kuzatuv bilan sovg'a yuborishni osonlashtirdik.
Atigi bir nechta harakat bilan unutilmas sovg'alar yuboring
Cheksiz qidiruvlarga vaqt sarflamang. Bu soʻnggi daqiqadagi sovg'a, mazali shirinlik yoki puxta oʻylangan syurpriz boʻlishidan qatʼiy nazar, Wolt har qanday vaziyat uchun sovg'alarni topish va yuborishni osonlashtiradi.
Yaqinlarni eshikkacha yetkaziladigan noodatiy sovg'a bilan xursand qiling. Yangi gullar, pardoz buyumlari, aksessuarlar, texnika va boshqa koʻplab narsalarga buyurtma bering! Mahalliy, sevimli do'konlar va sizga yoqadigan brendlar – barchasi bir joyda.
Sovg'a bir soat ichida yetkaziladi
Oxirgi daqiqada sovg'a kerak bo'lib qoldimi? Biz sizga yordam beramiz. Bir soatda uygacha yetkazish bilan puxta oʻylangan syurprizingiz tez va muammosiz, kerakli paytda yetib keladi.
Munosib sovg'ani osongina toping
Mahalliy doʻkon va restoranlardagi keng turdagi sovg'a variantlari bilan tanishing. Kechki ovqat, gullar yoki maxsus hadyalar — istalgan buyurtmani Wolt bilan sovg'a sifatida yuboring.
Xabar qoʻshing, moslashtiring
Bir necha tugma bilan yetkaziladigan sovg'aga shaxsiy xabar qo'shing. Turli raqamli kartalarni tanlab, yaqinlarni samimiy tilaklar bilan xursand qiling
Real vaqtdagi kuzatuvni ulashish mumkin
Real vaqtdagi kuzatuv bilan sovg'a qayerdaligini kuzatish mumkin. Sovg'a qabul qiluvchiga kuzatuv havolasini yuboring, shunda ikki tomon ham sovg'a qachon kelishini aniq bilasiz.
Bu qanday ishlaydi?
Qabul qiluvchining manzilini kiriting
Qurilmangizda Wolt ilovasini oching. Qabul qiluvchining manzilini kiritish orqali unga yaqin hududdagi sovg'a yetkazish imkoniyatlari bilan tanishing.
Sovg'ani tanlang
Mahalliy doʻkonlardan munosib sovg'a tanlang. Istalgan buyurtmani sovg'a sifatida yetkazish uchun toʻlov sahifasida “Sovg'a sifatida yuborish” tugmasini bosing.
Sovg'aga o'ziga xoslik qo'shing
Raqamli karta tanlab, tilak-xabar qoʻshing. Qabul qiluvchining ismi hamda telefon raqamini tasdiqlang va hammasi tayyor.
Yetkazmani kuzatib boring
Buyurtma bergach, yetkazib berishning har bir bosqichini kuzatib boring. Sovg'ani qabul qiluvchi kuzatuv maʼlumotlaridan iborat SMS oladi, shunda ikkalangiz ham hadya qachon kelishini aniq bilasiz.
Sovg'alarni turkumlar asosida koʻrish
Gullar
Gullar bilan mehrni izhor qiling! Atirgul va nilufarlardan tortib, mavsumiy guldastalargacha — mahalliy floristlarning gullari bilan yaqinlarga kayfiyat ulashing.
Salomatlik va goʻzallik
Goʻzallik va salomatlik mahsulotlari bilan o'z gʻamxoʻrligingizni ko'rsating. Teri parvarishi, atirlar, pardoz va boshqalarni koʻring.
Shirinliklar
Ogʻizda eriydigan shirinliklar bilan ularni hayratda qoldiring. Klassik tortlardan nafis shirinliklargacha — toʻgʻri eshikkacha yuboring.
Non mahsulotlari
Mahalliy non mahsulotlari bilan ishtahani oching. Yangi yopilgan non, saryogʻli kruassan va boshqalar bilan yaqinlarni mehmon qiling.
Elektronika
Ularga yoqadigan elektronika bilan tanishing. Noutbuk va smartfonlardan tortib, karnay, quloqchin va boshqa zarur aksessuarlarni xarid qiling.
Snek va ichimliklar
Bazmni mazali snek va ichimliklar bilan to'ldiring. Mahalliy doʻkonlardan mazali snek, shirin taom va salqin ichimliklarni xarid qiling.
Sovg'alarni Wolt bilan yuboring
Munosib sovg'a topishdan tortib, shaxsiy xabar qo'shishgacha, Wolt sovg'a ulashishni tez va oson qiladi. Bir soat yoki undan kamroq vaqtda puxta oʻylangan sovg'a oling. Sevimli insonlarni bugunoq xursand qiling!